BMT Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan rezolyutsiyani qabul qildi

Jamiyat

image

AQSHning Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi muhim rezolyutsiya a’zo davlatlarning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi.

Ushbu tashabbus ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Oradan o‘tgan davr mobaynida o‘zbek diplomatiyasining faol va izchil sa’y-harakatlari natijasida mazkur g‘oya xalqaro miqyosda yagona hujjat shakliga keltirildi va jahon hamjamiyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Rezolyutsiyada nimalar aks etgan va u nima uchun muhim?

O‘zbekiston tajribasi. Hujjatda Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi alohida e’tirof etilgan.

Ijtimoiy tenglik va yoshlar. Hujjat parlamentlar faoliyatida ayollar va yoshlar ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Dunyo mamlakatlarining yakdil qo‘llab-quvvatlashi. Rezolyutsiyani qabul qilish uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 167 ta davlat uni yoqlab ovoz bergan. Dunyoning 61 ta davlati, jumladan Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya kabi mamlakatlar O‘zbekiston tashabbusiga hammuallif sifatida maydonga chiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing