BMT Bosh Assambleyasi Falastinning tashkilotga a’zolik taklifini qo‘llab-quvvatladi
Olam
−
11 may
3624BMT Bosh Assambleyasi Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish huquqini tan olish haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunga 143 ta davlat rozi bo‘lgan, 9 tasi (AQSH va Isroil bilan birga) qarshi chiqqan. 25 ta davlat esa betaraf qolgan.
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashidan Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.
Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat Falastinga ham bir qator protsessual huquqlar beradi. Masalan, mamlakat Yaqin Sharq mavzulari bo‘yicha yig‘ilishlarda o‘zini ma’ruzachilar ro‘yxatiga kiritishi, bir guruh davlatlar nomidan tuzatishlar va protsessual takliflar berishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, Falastin Bosh Assambleya majlislar zalidan doimiy joy oladi.
“Biz tinchlik, erkinlik istaymiz. “Ha” degan ovoz Falastinning mavjudligi uchun ovozdir, bu hech qanday davlatga qarshi emas. Bu tinchlikka sarmoyadir”, deydi Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansur.
Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat sifatida. Mamlakat bu maqomni 2012 yilda olgan.
LiveBarchasi