BMT Afg‘onistonning zaxiralarini blokdan chiqarishga rozilik berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan aktivlar yoki iqtisodiy resurslarni "muzdan chiqarilishiga" ruxsat berdi. 2022 yilda bu mamlakatdagi gumanitar operatsiya dunyodagi eng yirik operatsiyaga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar bergan. 

BMT Xavfsizlik Kengashi “Tolibon”ga qarshi sanksiyalar rejimidan “gumanitar chetlatish” to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Xavfsizlik Kengashi a’zolari Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratilishi “Tolibon”ning barcha aktivlarini muzlatish talabini buzish emas, degan qarorga kelgan. 

Rezolyutsiya homiylari Afg‘onistonga gumanitar yordamning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash yoki bunday faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qayta ishlash va to‘lash, shuningdek aktivlar yoki iqtisodiy resurslarni "muzdan chiqarilishi"ga ruxsat bergan. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Favqulodda yordam ko‘rsatish koordinatori Martin Griffits Xavfsizlik Kengashining BMTning Afg‘onistonga qarshi sanksiyalar rejimidan gumanitar yordam berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini olqishlagan. 

“Ushbu muhim qaror Afg‘onistonda odamlarning hayotini saqlab qolish uchun shoshilinch insonparvarlik harakatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu a’zo davlatlar mamlakatdagi muhtojlik va azob-uqubatlarning hayratlanarli darajasini qanchalik jiddiy qabul qilishidan dalolat beradi”, degan Martin Griffits. 

Afg‘onistonda ayni paytda aholiga muhim oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsatuvchi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi, ta’lim, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashuvchi 160 ga yaqin milliy va xalqaro gumanitar tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

“Biz bu ishni zudlik bilan kuchaytirishimiz kerak. 2022 yilda Afg‘onistondagi gumanitar operatsiya dunyodagi eng yirik operatsiya bo‘ladi. Uning doirasida 22 millionga yaqin aholiga yordam ko‘rsatiladi”, degan bosh kotib o‘rinbosari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, insonparvarlik maqsadlarida qabul qilingan sanksiyalar rejimidan ozod qilish tashkilotlarga rejalashtirilgan ishlarni bajarishga imkon beradi hamda moliyaviy va tijorat institutlariga Afg‘onistondagi gumanitar yordam operatorlari bilan o‘zaro munosabatlarida huquqiy kafolatlar beradi. 

“Afg‘onistonni qiyin yo‘l kutib turibdi. Bizning yordamimiz samarasi, boshqa narsalar qatori, mamlakat de-fakto hokimiyatlarining hamkorligiga va moliyalashtirish sxemasining moslashuvchanligiga bog‘liq”, degan BMT vakili. 

U afg‘onlarning hayotini saqlab qolish va bu mamlakatning barcha aholisining munosib kelajagini ta’minlash uchun hamma narsani qilishga chaqirgan. 

Ma’lumot uchun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.  

Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, minglab afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston BMT

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing