BMT Afg‘onistonni tark etishga tayyorligini e’lon qildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) agar hokimiyatdagi “Tolibon” vakillarini mahalliy ayollarga tashkilotning mahalliy idoralarida ishlashga ruxsat berishga ko‘ndira olmasa, joriy yilning may oyida Afg‘onistondagi barcha loyihalarini qisqartirishga va chet ellik xodimlarni Afg‘onistondan olib chiqishga tayyor. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Ahim Shtaynerga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

Hozir tashkilot vakillari afg‘on hukumati bilan o‘tgan kuni qabul qilingan ushbu farmonni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon” ayollarga sog‘liqni saqlash, ta’lim va kichik biznesda muayyan sharoitlarda ishlashga ruxsat bergani uchun Afg‘oniston hukumati oxir-oqibat taslim bo‘lishiga umid qilmoqda.

BMTda ishlayotgan 3300 nafar afg‘on – 2700 erkak va 600 ayol 12 aprel kuni uyda qolib, o‘z ishlarini bajarishda va maoshlarini olishda davom etgan. BMTning 600 nafar xorijlik xodimi, jumladan, 200 nafar ayol “Tolibon” taqiqiga kirmaydi. Tashkilot Afg‘onistondagi barcha vazifalarni mahalliy ayollar ishtirokisiz uddalay olmaydi, deb taxmin qilinadi.

“Menimcha, bu holatni yurakni ezuvchi deyishdan boshqa iloj yo‘q. Bugun BMT oilasi Afg‘onistonda yo‘qligini tasavvur qilsam, ko‘z oldimda yosh qizlar, o‘g‘il bolalar, otalar, yeydigan hech narsasi yo‘q onalarning suratlari paydo bo‘ladi”, deydi Shtayner.

2022 yil sentyabr oyidan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasini Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva boshqarib kelmoqda. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin va undan keyingi iqtisodiy inqirozdan beri Afg‘oniston fuqarolariga oziq-ovqat, ta’lim va dori-darmon bilan yordam berib keladi. Hech bir davlat “Tolibon”ni Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida tan olmagan va mamlakatning BMTdagi o‘rnini sobiq prezident Ashraf G‘ani hukumati egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing