BMT 81 kishining qatl etilishini qoraladi
Olam
−
15 mart 2022
11215BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Saudiya Arabistonidagi ommaviy qatllarni keskin qoraladi.
“Men tushunaman, qatl etilganlar orasida qirqdan ortiq odam shia ozchilikka mansub va 2011-2012 yillarda hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun hibsga olingan. Yana yetti nafari yamanlik, biri esa Suriya fuqarosi”, deyiladi BMT bosh huquq himoyachisi bayonotida.
Mishel Bacheletning so‘zlariga ko‘ra, dalillar shuni ko‘rsatadiki, qatl etilganlarning ba’zilari adolatli sud standartlariga to‘g‘ri kelmaydigan sud jarayonlarida o‘limga hukm qilingan.
Qolaversa, bu shaxslar sodir etgani aytilayotgan jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar qatoriga kirmaydi.
O‘limga hukm qilinganlar soni Saudiya Arabistonida 2021 yil davomida amalga oshirilgan qatllar sonidan oshib ketdi.
“O‘lim jazosi asosiy insonparvarlik tamoyillari – inson huquqlari, yashash huquqi va qiynoqlarni taqiqlash bilan mos kelmaydi. Qarindoshlariga qatl qilish holatlari to‘g‘risida ma’lumot berishdan bosh tortish qiynoq va shafqatsiz munosabatda bo‘lishi mumkin. Rasmiylar qatl etilganlarning jasadlarini oilalariga qaytarishlari shart”, deydi Bachelet.
Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni Saudiya Arabistonida 81 kishi, jumladan, yetti nafar Yaman fuqarosi xavfsizlik kuchlariga hujum qilgani va terrorchilik yacheykasi tashkil etgani uchun qatl etildi.
Saudiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim jazosiga hukm qilinganlar orasida yetti nafar yamanlik, shuningdek, Saudiya Arabistonining sharqiy qismida yashovchi, Al-Saud oilasi hukmronligiga qarshi bo‘lgan shia jamiyatining ko‘plab yoshlari ham bor.
LiveBarchasi