Bloger ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yotqizildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2019
7946Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik bloger, Shabnam Ollashukurova taxallusi ostidagi N.Ollashukurovaning ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 sentyabr kuni soat 12:00larda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro M.Radjapov, uning yaqin qarindoshlari hamda Facebook`da “Shabnam Ollashukurova” nomli guruh blogeri, N.Ollashukurovalarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Urganch shahar ma’muriy sudining 23 sentyabrdagi qaroriga asosan N.Ollashukurovaga nisbatan MJtKning 183, 194, 195 va 202-moddalari bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
26 sentyabr kuni N.Ollashukurova ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan paytida ruxiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan uni viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan.
Viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanseri tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga murojaat qilib, fuqaro N.Ollashukurova ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, unda “Psixopodobniy sindrom, poronayalnыy sindrom” kasalligi alomatlari kuzatilganligi, o‘zi yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi sababli, psixiatriya muassasasiga joylashtirishni so‘ragan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 30 sentyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, fuqaro N.Ollashukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.
Hozirda N.Ollashukurova Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolanmoqda.
LiveBarchasi