Bloger Otabek Nuritdinov ishi kassatsiya sudida ko‘rilishi boshlandi
Jamiyat
−
04 yanvar 2020
6983Andijon viloyat ma’muriy sudida fuqaro Abdufatto Nuritdinovga (bloger Otabek Nuritdinov) nisbatan kassatsiya tartibida ish ko‘rilishi boshlandi, deya xabar qildi QALAMPIR.UZ manbasi.
Birinchi instansiya sudida O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddalari doirasida uning ishi sud’ya O.Mizamahmudov tomonidan ko‘rib chiqilgandi.
“Otabek Nuritdinov” nomli profil egasi Abdufatto Nuritdinov yuqoridagi MJtKning uchala moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 6.690.000 so‘m jarima jazosi hamda 183-moddada nazarda tutilgan 15 sutkalik qamoq jazosi berilgandi.
LiveBarchasi