Bloger Otabek Nuritdinov ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi
Jamiyat
−
04 yanvar 2020 9135 1 daqiqa
Andijon viloyat ma’muriy sudida fuqaro Abdufatto Nuritdinovga (bloger Otabek Nuritdinov) nisbatan kassatsiya tartibida ish ko‘rilishi boshlanganini xabar qilgandik.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasida birinchi instansiya qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Birinchi instansiya sudida O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddalari doirasida uning ishi sud’ya O.Mirzamahmudov tomonidan ko‘rib chiqilgandi.
“Otabek Nuritdinov” nomli profil egasi Abdufatto Nuritdinov yuqoridagi MJtKning uchala moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 6.690.000 so‘m jarima jazosi hamda 183-moddada nazarda tutilgan 15 sutkalik qamoq jazosi berilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28