Bloger Olimjon Haydarovning sudi qachon bo‘lishi ochiqlandi
3-sahifa
−
28 Oktabr 2023
7521Bloger Olimjon Haydarovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi joriy yilning 30 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sud saytida ma’lum qilindi.
Haydarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish), 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish), 165-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda tovlamachilik qilish) bilan ayb e’lon qilingan.
Oliy sud saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Haydarovga nisbatan ochilgan ish sudya Avazjon Ergashev tomonidan ko‘rib chiqiladi. Da’vogarlar orasida esa Qo‘qon shahri hokimi Ma’ruf Usmonov ham bor.
Eslatib o‘tamiz, bloger Olimjon Haydarov shu yilning 29 iyul kuni jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingandi. 10 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralari Haydarovga nisbatan tergovni yakunlab, ishni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudiga o‘tkazdi.
LiveBarchasi
26 noyabr