Bloger murojaati sabab fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda, hususan Youtube videohostingida o‘z sahifasiga ega  bloger tomonidan “30 yil staj bilan 240 ming pensiya. Partiyalar kayoqqa qarayapti” nomli videomurojaat tarqaldi. Ushbu murojaatdan so‘ng, pensiya jamg‘armasi fuqaro Maligin Nikolay Nikolayevichning pensiya miqdori qayta hisoblandi. 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro pensiya jamg‘armasi Bektemir tuman bo‘limiga 2017 yil 17 martda taqdim qilgan arizasi hamda barcha pensiya hujjatlariga asosan 13 yil 2 oylik umumiy ish staji bilan 154 281,73 so‘m pensiya tayinlangan. Fuqaroning o‘zida ikkinchi mehnat daftarchasi borligi aniqlanib, mazkur mehnat daftarchasida 1984-1989 yillar davomida ishlaganligi haqidagi yozuvlar (buyruqlar) mavjud bo‘lgan. Shuningdek, unda 2005-2008 yillardagi oylik ish haqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma borligi ma’lum bo‘lgan. 

Fuqarodan yozma ariza olingan va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasi talabiga bo‘yicha qayta hisoblangan. 2020 yilning 1 yanvaridan 18 yil 2 oy 7 kunlik ish staji bilan pensiya miqdori 442 018,87 so‘m qilib berilgan. 
 

Bahodir Ahmedov
 


Maqola muallifi

Teglar

pensiya Bloger murojaati

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing