Bloger Murod Maxsudov 7,5 yilga qamaldi
3-sahifa
−
06 iyun
23768Bloger va “Ezgulik” jamiyati faoli Murod Maxsudov 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 4 iyundagi hukmiga muvofiq M. Maxsudov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 2-qismi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (Reabilitatsiya uchun asoslar) 2-qismi bilan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi.
Maxsudov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi “b” bandi va 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.
“Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.