Bloger Doniyor Qayumov yana javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
15 fevral 2022
32010Bloger Doniyor Qayumov yana javobgarlikka tortildi. Galdagi jarima avtomobilda sodir etilgan qoidabuzarlik uchun. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahar hokimining ukaxoniga imtiyozlar berildimi” nomli video tarqalgan. Ushbu videoda Malibu rusumli davlat raqam belgisi 01 R777FB bo‘lgan avtomobilga “migalka” o‘rnatib olgan shaxs oliftalanib yurgani aks etgan. Natijada bu fuqarolar va jamoatchilik vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Malibu’ning haydovchisi ijtimoiy tarmoqlardagi videolari tanilgan bloger Doniyor Qayumov bo‘lib chiqqan.
Jamoat xavfsizligi departamentidan ma’lum qilinishicha, avtomobiliga migalka o‘rnatilgani tasvirlangan videoni Doniyor Qayumovning o‘zi ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma tuzilgani va blogerning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bloger Doniyor Qayumov joriy yilning 1 yanvar kuni tengqur do‘stlari bilan ko‘p qavatli uylar yonida pirotexnika vositalaridan foydalanayotganini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan. Ushbu holat soat 05:00 atrofida sodir bo‘lgan va odamlarning xotirjamligini buzgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi