Blinkenning odami O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
22 may
7850Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Toshkentda AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ikki tomonlama kun tartibimizdagi qator dolzarb masalalarni muhokama qildik, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni barcha sohalarda boyitish, ayniqsa, xalqimiz uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga kelishib oldik", deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Uzra Zeya esa 30 yildan ortiq vaqt davomida AQSH-O‘zbekiston munosabatlari O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlashga asoslanganini urg‘ulagan.
U O‘zbekistonga safari davomida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffarbek Madrahimov bilan ham uchrashgan. Uning Bosh prokuror bilan uchrashuvi O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan.
“AQSH adliya sohasida qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda shaffoflik va javobgarlikni oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozadi Uzra Zeya.
AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Konstitutsiyaviy jinoiy protseduralar bo‘yicha mintaqaviy muloqot akademik konferensiyasida so‘zga chiqib, AQSH O‘zbekistonda inson huquqlari, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi islohotlarni ilgari surish bo‘yicha sodiqligini ta’kidlagan.
"Har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash taraqqiyot va farovonlik uchun zarurdir", deydi Uzra Zeya.
LiveBarchasi