Blinken O‘zbekistonga kelyapti
Olam
−
24 fevral 2023
16437AQSH Davlat kotibi Entoni Bilinken joriy yilning 28 fevralidan 3 martigacha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Praysning yozma bayonotida aytilgan.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Amerika diplomatiyasi rahbari Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmi bo‘lgan formatdagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Praysning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv formatdagi ishtirokchi davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.
Blinken Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazadi, u yerda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini hamda umumiy maqsad – gullab-yashnagan, xavfsiz va demokratik mintaqaga erishishni muhokama qiladi.
Davlat departamenti rahbari so‘ng Toshkentga keladi va u yerda O‘zbekistonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. 1 mart kuni Blinken Nyu-Dehliga uchadi va u yerda G20 davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.
Praysning ma’lum qilishicha, u, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, barqaror rivojlanish, giyohvand moddalarni nazorat qilish, global sog‘liqni saqlash, gumanitar yordam va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish sohasida ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va hamkorlikni chuqurlashtirishga bag‘ishlanadi.