Blinken Oq uyga Rossiyaga qarshi zarba berish taqiqini bekor qilishni taklif qildi – NYT
Olam
−
23 may
9058AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan haftadagi Kiyevga "kutilmagan tashrif"idan so‘ng Amerikaning Rossiya hududiga qurolli zarbalarini taqiqlash masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Bu haqda manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, AQSH Prezidenti ma’muriyatida taqiqni yumshatish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.
“Blinkenning taklifi shakllanish bosqichida. Oq uyning qancha vakili tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani hozircha noma’lum. Bu taklif hozircha AQSH Prezidenti Jo Baydenga e’lon qilinmagan”, deb yozadi gazeta.
Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Entoni Blinkenning pozitsiyasi Rossiya armiyasining Xarkov viloyatidagi hujumi tufayli o‘zgargan. NYT’ning qayd etishicha, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron ham Ukrainaning Rossiya hududiga javob zarba berish huquqi borligini aytgan.
Qayd etish joizki, ilgari AQSH Davlat departamenti Rossiya nishonlariga G‘arb qurollari bilan hujum qilishni taqiqlash pozitsiyasiga amal qilgan. Jo Bayden ham xuddi shunday bayonotlar bergan edi. 15 may kuni “Politico” manbalariga tayanib, bir guruh ukrainalik diplomatlar Oq uyni Rossiyaga zarba berish uchun qurol ishlatishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga ishontirish maqsadida AQSHda bo‘lganini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq bir guruh qonunchilar AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar berishga ruxsat berishni talab qilgandi. Kecha, 22 may kuni Entoni Blinken ochiqchasiga Ukraina bunday qarorlarni o‘zi qabul qilishi kerakligini aytdi.
LiveBarchasi