Blinken Xitoy va u bilan osh-qatiq davlatlarni ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinida Moskvaga yordam bersa, Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken qozog‘istonlik mavqedoshi Muxtor Tleuberdi bilan Ostonadagi qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Biz Xitoyga bunday yordam ko‘rsatilsa, uni kutayotgan oqibatlar haqida juda aniq aytdik. Biz, shubhasiz, sanksiyalarimizni buzgan yoki Rossiyaning harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda boshqa yo‘l bilan ishtirok etgan xitoylik kompaniyalar yoki shaxslarga nisbatan chora ko‘ramiz”, deydi u.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Xitoy Rossiya Federatsiyasiga qurol-yarog‘ bilan yordam berishga qaror qilsa, Pekinning AQSH va dunyoning boshqa mamlakatlari bilan munosabatlari “jiddiy muammolarga” duch keladi. 

“Bir tomondan Xitoy tinchlik takliflarini bera olmaydi, ikkinchi tomondan esa Rossiya yoqqan olov alangasini ushlab turolmaydi. Xitoy buni jiddiy qabul qiladi degan umiddaman”, deya qo‘shimcha qildi Blinken. 

18 fevral kuni Blinken Xitoy Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini da’vo qildi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati vakili Nabila Masrali hamjamiyat Pekin Moskvaga harbiy yordam ko‘rsatayotgani haqida dalillarga ega emasligini ta’kidladi. Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder, shuningdek, AQSH harbiylari Xitoydan Rossiyaga qurol-yarog‘ o‘tkazilishini qayd etmaganini aytdi, biroq uning departamenti Pekin bunday imkoniyatni istisno qilmasligiga ishonadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflar kiritilgan hujjatni e’lon qilgan edi. Unda 12 band, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish, xavfsizlik sohasidagi barcha mamlakatlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, Ukrainadagi gumanitar inqirozni hal qilish, Moskva va Kiyev o‘rtasida harbiy asirlarni almashish, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorisiz bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashni bekor qilish kabi bo‘limlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing