Blinken Isroil va Falastin rahbarlari bilan gaplashdi
Olam
−
06 Sentabr 2023
2712AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil va Falastin yetakchilari Binyamin Netanyaxu va Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Abbos bilan suhbatda Blinken G‘arbiy Sohilda davom etayotgan taranglikdan xavotir bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH falastinliklarning hayot sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishda davom etadi. Blinken Vashingtonning ikki davlat tamoyiliga sodiqligini ta’kidlagan.
Netanyaxu bilan suhbatda esa Blinken ikki tomonlama hamkorlik mustahkamligini va AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini tasdiqlagan. U AQSHning Isroil va Falastin fuqarolari uchun erkinlik, xavfsizlik va farovonlikni kafolatlaydigan siyosatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uydan AQSH poytaxtiga tashrif buyurish taklifi olganini, tashrif sentyabr oyida bo‘lishi kutilayotgani, ammo yakuniy sana hali kelishib olinmaganini aytgandi. Shuningdek, u Isroil va AQSH tarixni o‘zgartiradigan yangiliklar ustida ishlayotganini bildirgan.
LiveBarchasi