Blinken Hazrati Imom majmuasiga bordi (fotoreportaj)
Olam
−
01 mart 2023
17511Avval xabar berganimizdek, AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ilk rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Kecha, 28 fevral kuni kechqurun Toshkentga yetib kelgan Blinken, bugun, 1 mart kuni erta tongdan rasmiy uchrashuvlarni boshladi.
Uning navbatdagi manzili poytaxt Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi bo‘ldi.
AQSH Davlat kotibiga Hazrati Imom majmuasi, unga yondosh barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekistonda dindorlarga yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berildi.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Blinkenning Toshkentga tashrifi rasmiy tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov bilan muzokaralardan boshlandi.