Bizni tanlaganingizdan xursandmiz – Lukashenko Putin Minskka kelganidan og‘zi qulog‘ida

Olam

image

23 may kuni kechasi Minskka yetib kelgan Putinni aeroportda kutib olgan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko yarim tun bo‘lishiga qaramay, Putin bilan muzokaralarni boshlab yubordi. U Vladimir Putin bilan uchrashuvda birinchi navbatda xavfsizlik masalasi muhokama qilinishini aytdi. 

“O‘ylaymanki, biz odatdagidek xavfsizlik masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz”, deydi Lukashenko aeroportda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. 

Shuningdek, uning qayd etishicha, iqtisodiy masalalarni kengaytirilgan tarkibda muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Uchrashuv chog‘ida Lukashenko Putin bilan munosabatlarida shunday an’ana borligini, kun davomida muzokaralarni boshlashga vaqt yo‘qligini, ular yarim tunga yaqinroq boshlanishini hazil bilan aytib o‘tgan. 

“Sizni o‘z ona Belarus yurtida xush ko‘rdik, belarus xalqi sizning tashrifingizdan xursand bo‘ladi. Bu do‘stimizning saylovdan va XXRga tashrifdan keyingi birinchi safari. Xitoy bilan munosabatlarimizni ham muhokama qilamiz. Bizning mintaqamiz va undan tashqari, Transkavkaz mintaqasi uchun juda qiziqarli takliflarimiz bor”, degan Lukashenko. 

Minsk aeroportidagi suhbatdan keyin Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko norasmiy sharoitda muloqotni davom ettirgan. 

Belarusga tashrifi Putinning 7 may kuni yangi muddatga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyingi ikkinchi xorijiy tashrifi bo‘lmoqda. Prezident ilk davlat tashrifini Xitoyga amalga oshirdi, 26-27 may kunlari esa O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing