Biznesning “soyadan” chiqishi rag‘batlantiriladi – Prezident yangi farmonni imzoladi

Jamiyat

image

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmon bilan biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan:

1) umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmaydi. Ushbu chora plastik kartadalardan cheklovlarsiz to‘lov qabul qilish hisobidan tushumni ko‘paytirish hamda naqd shaklda olingan summalarni aks ettirish imkonini beradi.

2) Avval qabul qilingan qarorga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilingan. Lekin ko‘rsatilayotgan xizmatlardan olinadigan daromadni qonuniy aylanmaga jalb qilish uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi.

3) Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR kodi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish eksperimenti 2020 yilda barcha hududlarda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Toshkent shahrida 9 oyda 3,3 trillion so‘mlik 16,3 millionta chek, viloyatlarda esa 6,3 trillion so‘mlik 22,7 millionta chek chiqarilgan. Sovrinli o‘yinlarning viloyatlarda joriy etilishi onlayn kassa mashinalariga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Sovrinli o‘yinlarga 1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga 524 million so‘mlik sovrinlar o‘ynalgan.


Maqola muallifi

Teglar

yashirin iqtisodiyot

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing