Biznesga ortiqcha aralashish, korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Respublikadagi 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

Prezident mazkur muloqotda sodda soliq ma’murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

“Sizdek shijoatli, ishbilarmon, tashabbuskor va fidoyi tadbirkorlarimiz safi karra-karra kengayishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. Shu bois biz tadbirkorlarga soliq yukini ko‘paytirish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq bazasini kengaytirish hisobiga byudjetga tushumlarni oshirish yo‘lidan borayapmiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

O‘tkazilgan so‘rovlarda 62 foiz tadbirkorlar soliq sohasidagi islohotlarni ijobiy baholagan.

“Lekin biznes vakillari soliq tizimidan, soliqchilar faoliyatidan qanchalik rozi? Murakkab soliq ma’murchiligi, biznesga ortiqcha aralashish va tizimdagi korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor”, deydi davlat rahbari.

Soliq tizimi tubdan isloh qilinib, soliq idoralari xodimlarining yondashuvlari butunlay o‘zgartirilishi ta’kidlandi. Shuningdek, soliq ma’murchiligi ham soddalashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing