Biznes-ombudsman DSQning tadbirkorlarga nisbatan harakatlari qonuniyligini tekshirishni boshladi
Jamiyat
−
17 fevral 2021
5110Biznes-ombudsman Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha qiymat solig‘i yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlariga yuborilgan xabarnomalarning qonuniyligini o‘rganishni boshladi.
Fevral oyi boshida Davlat soliq qo‘mitasi “Lozim darajada ehtiyotkorlik” xizmatini ishga tushirgan edi, unda shubhali soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantirildi. Unga shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan “Naqdlashtiruvchi firma”lar qatoriga 396 ta tadbirkorlik sub’ekti kiritildi.
Ushbu korxonalar turli operatsiyalar orqali QQS to‘lamay kelgan. Endilikda esa ular to‘lashi kerak bo‘lgan QQS 10 mingga yaqin tadbirkorning gardaniga tushmoqda. To‘lanishi kerak bo‘lgan mablg‘a esa oz emas, naq 915 milliard so‘m.
QALAMPIR.UZ bilan muloqotda bo‘lgan tadbirkorlar DSQ ularga ogohlantirish yuborganini ma’lum qildi. Lekin tadbirkorlar xatda pullar yechib olinishi haqida hech nima deyilmaganini ta’kidlamoqda.
Soliq organlarining ushbu xarakatlari tadbirkorlar orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarayotganligini inobatga olgan holda, Biznes-ombudsman devoni Davlat soliq qo‘mitasining mas’ul mansabdor shaxslari ishtirokida ushbu harakatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Almardanovich Turdiyev “Naqdlashtiruvchi firma”larni aniqlash yuzasidan amaliyotga joriy qilingan yangi mexanizmni aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini qoniqarsiz olib borgani, shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan yetarli darajada ishni tashkil etmagani sabab lavozimidan ozod qilindi.
LiveBarchasi