Bizdek ko‘p yadro quroliga ega bo‘lgan davlat bilan to‘qnashuvga kirishish aqldan ozish – kichik Kennedi

Olam

image

AQSH prezidentligiga nomzod Robert Kennedi Rossiya va Xitoy bilan mojarolarga nisbatan AQSH bilan to‘qnashuvga kirishish aqldan ozish ekanini aytdi. Bu haqda u biznesmen Ilon Mask bilan Twitter'da bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida gapirib o‘tgan.

Muloqot vaqtida prezidentlikka da’vogar AQSHning Rossiya va Xitoy bilan mojarolarini tezroq hal etish tarafdori ekanini ma’lum qilgan. 

“Bizdek ko‘p yadro quroliga ega bo‘lgan davlat bilan to‘qnashuvga kirishish aqldan ozish”, deydi u.

Shuningdek, u AQSH biolaboratoriyalari butun dunyoda, xususan, Ukrainada mavjudligini e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH qurollarning barcha turlarini ishlab chiqaradi.

Suhbat chog‘ida Kichik Kennedi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham tanqid qilgan.

"U komediyachi. Men buni yomon demoqchi emasman, lekin bu uning siyosatda tajribasi yo‘qligini anglatadi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning 35-Prezidenti Jon Kennedining jiyani, huquqshunos va siyosatchi kichik Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Respublikachilardan esa Florida gubernatori Ron Desantis, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Demokratlardan esa vitse-prezident Kamola Xarris, transport kotibi Pit Buttijich, senator Berni Sanderslar ham prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yadro quroli Robert Kennedi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made