Biz juda xavotirdamiz – Komilov Ukrainadagi urush haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi va muammolarning diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi tarafdori. Turkiyada o‘tayotgan ikkinchi Antaliya diplomatik forumida ishtirok etgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shunday fikr bildirdi.

“Biz juda xavotirdamiz, biz bu haqida ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo dunyodagi aksariyat odamlar kabi, biz ham kuch ishlatishni to‘xtash va barcha muammolarni siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz”, degan Komilov.

Vazir Abdulaziz Komilov forumning “Afg‘oniston: yangi voqeliklarga qanday munosabatda bo‘lish kerak?” panel sessiyasida so‘zga chiqqan. U O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida Afg‘onistonda yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish bo‘yicha faol choralar ko‘rishi zarurligi ta’kidlangan.

Avvalroq Komilov Antaliyada Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakboyev bilan uchrashib, Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing