Biz o‘z shahrimizni London yoki Las-Vegas qilmoqchi emasmiz –  Turki al-Shayx

Sport

image

Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlar bosh boshqarmasi raisi Turki al-Shayx Buyuk Britaniyaning Saudiyada yirik boks janglari ko‘payib borishi haqidagi xavotirlariga munosabat bildirdi. 

Gap shundaki, katta boks turnirlarining ketma-ket Saudiyada o‘tkazilishi Britaniya boksiga iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin.

“Barcha tushunishi kerak bo‘lgan ayrim jihatlar bor. Albatta, hamma o‘z mamlakatida katta janglar bo‘lishini xohlaydi. Buni tushunaman, ammo boksning muammolari juda ko‘p va biz barcha odamlar nima qilayotganimizni tushunishini istaymiz. Biz o‘z shahrimizni London yoki Las-Vegas qilmoqchi emasmiz, lekin uni jahonda mashhur qilish bizning vazifamiz hisoblanadi”, deydi Turki al-Shayx.

Ma’lumot uchun, 1 iyun kuni Saudiya Arabistonida “Quinsberry”ga qarshi “Matchroom 5” jamoasi jang qiladi. Dekabrda esa Aleksandr Usik va Tayson Fyurining revansh jangi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Turki al-Shayx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing