Biz pandemiyani qachon yengamiz? – Prezident koronavirusni yengish shartini aytdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida koronavirusga qarshi kurash masaalasiga to‘xtalib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida yana bir bor O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, jumladan, shunday dedi:

“Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa.

Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz”.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar qattiq tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilangan edi. Bu borada ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha bugun Toshkent shahri hokimi, Bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

610

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing