Biz Britaniya mustamlakasi emasmiz – qirg‘iz deputati sanksiyalar haqida
Olam
−
27 fevral 10661 1 daqiqa
Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Ishoq Masaliyev Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligini “Keremet Bank”ga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga munosabat bildirishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
“Dunyo yomon tomonga o‘zgarmoqda, imperialistik intilishlar yana jonlanmoqda. Buyuk Britaniya Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga sanksiya qo‘lladi. Go‘yo Rossiya bilan aloqalari bor emish. Agar shunday bo‘lsa, unda ular Rossiyada ishlayotgan millionlab fuqarolarimizga ham sanksiya qo‘llashi kerak edi”, dedi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston Buyuk Britaniya oldida tashqi siyosat va bank faoliyati bo‘yicha hech qanday majburiyatlarga ega emas.
“Biz Britaniyaning mustamlakasi emasmiz. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi bu masalaga, albatta, munosabat bildirish kerak, deb hisoblayman”, deya qo‘shimcha qildi Masaliyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London 2022 yildan buyon Rossiyaga qarshi eng yirik sanksiyalar paketini e’lon qilgandi. Unga 107 ta yangi cheklov kiritilgan bo‘lib, ulardan biri Qirg‘izistondagi “Keremet Bank”ga nisbatan joriy etilgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr