Biz BMTning gender tengligi bo‘yicha talabini bajardik – Saidov
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
3991O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisi davom etmoqda.
Qonunchilik palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov yig‘ilishda so‘z olib, Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu lavozimni ta’sis etishdagi tashabbuskorligiga minnatdorlik bildirdi.
“Birinchi o‘rinbosar nima uchun kerakligini Prezidentimiz nihoyatda yaxshi tushuntirib berdi.
Bu parlament yuzi bo‘lishi kerak deb tushundim”, deydi birinchi o‘rinbosar.
U Parlament saylovlari haqida gapirarkan, juda katta siyosiy imtihondan o‘tganini qayd etdi.
“YeHXT 1992 yildan beri 50dan ortiq mamlakatda kuzatuv o‘tkazgan. Biz esa 8 marta o‘tkazgan. MDH ichida eng yuqori baho bizga bo‘ldi”, deydi Saidov.
U o‘z nutqida oxirgi yillarda mamlakatda, siyosiy maydonda gender tengligini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini qayd etdi.
“BMTning talabiga ko‘ra, a’zo mamlakatlarda ayollarning parlamentdagi o‘rni 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Saylov natijalariga ko‘ra, ayollarning parlamentdagi o‘rni 32 foizga yetdi. Avvalgi saylovlarda bor-yo‘g‘i 16 foiz edi”, deydi Saidov.