Biz barcha partiyalar orasida yetakchimiz - Inoyatov

Jamiyat

image

Ulug‘bek Inoyatov ijtimoiy fikrning rasmiy reytinglariga ko‘ra,  Xalq demokratik partiyasi barcha partiyalar orasida yetakchi ekanini ta’kidladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida partiyalar o‘rtasida navbatdagi debatda aytib o‘tildi. 

Unda ishtirok etgan Xalq demokratik partiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov o‘z nutqida partiyalar faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilayotgan reytinglar haqida to‘xtaldi. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli reytinglar turli guruhlarning manfaatlariga qarab tuziladi. Biz faqat Ijtimoiy fikrning rasmiy reytinglariga ishonamiz. Ushbu reytinglarga ko‘ra, biz barcha partiyalar orasida yetakchimiz", dedi Ulug‘bek Inoyatov.

Ma’lumot o‘rnida, QALAMPIR.UZ sayti ham “Saylovda qaysi partiya nomzodlariga ovoz berasiz” savoli ostida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Unda 31 foiz natija bilan O‘zbekiston Demokratik partiyasi yetakchilik qildi. Adolat partiyasi 21 foiz ikkinchi o‘rinda. Saylov jarayonida ilk bor ishtirok etayotgan “yosh” Ekologik partiya 17 foiz, Xalq demokratik partiyasi esa 15 foiz bilan oxirgi o‘rinni egallagan edi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

XDP Inoyatov

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing