Biz ham maymun bo‘lishimiz kerakmi? – Putin “yopiq eshik”lar ortida emlanganiga izoh berdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "maymun bo‘lmaslik" uchun boshqa davlatlar rahbarlari kabi koronavirusga qarshi omma oldida va OAV kameralari qarshisida emlanishdan bosh tortgan.

"Kimdir, qayerdadir shunday qilsa, biz ham siz bilan maymun bo‘lishimiz kerakmi? Menimcha yo‘q, axir kimdir shu juda qattiq ko‘zbo‘yamachilik qilishni istasa, buni uddasidan chiqish qiyin emas. Ukolni ko‘rsatib, aslida fizrastvor yoki kefir yuborish ham mumkin. Hazil albatta, vitaminlar deylik", degan Prezident "Moskva. Kreml. Putin" dasturi uchun bergan intervyusida.

RF rahbari emlanishidan oldin shifokorlar uning haroratini o‘lchashganini va bu holat barchada birdek o‘tkazilishini aytgan. U fuqarolar o‘zini emin-erkin his qilishi uchun emlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Prezident Rossiyadi ishlab chiqarilgan uchta vaksina haqida gapirib, ular samarali, ishonchli va xavfsiz ekanini ta’kidlagan. 

"Umid qilamanki, bu sifatlar saqlanib qoladi. Axir bizda 6 mln odam allqachon emlangan. Ularning 4 mln 300 minggi ikkinchi marta emlangan", degan Putin.

RF Prezidenti qaysi vaksina bilan emlanganini yaqin odamlariga ham aytmaganini bu u va shifokor o‘rtasidagi sir ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin joriy yilning 24 mart kuni koronavirusga qarshi emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

686

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing