Bivol-Beterbiyev jangi qachon o‘tkaziladi?

Sport

image

Boks bo‘yicha jahon chempionlari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasidagi jang oktyabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jangning ayni bir sanada o‘tkazilishi Beterbiyevning tiklanishiga bog‘liq, ammo hozircha jang oktyabr oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi reja qilinyapti.

Bivol 1 iyun kuni Malik Zinadga qarshi jang qiladi. Aslida 1 iyun kuni Beterbiyev unga raqib bo‘lishi kerak edi, biroq Artur tizzasidan jarohat oldi va Bivolning raqibi o‘zgardi.

39 yoshli Beterbiyevning rekordi 20 ta g‘alabani (barchasi nokaut)  tashkil etadi. U Butunjahon boks kengashi, Xalqaro boks federatsiyasi va Jahon boks tashkilotining chempionlik unvonlariga ega. Butunjahon boks assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lgan 33 yoshli Bivol hisobida 22 g‘alaba (11 ta nokaut) bor.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Beterbiev Dmitriy Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made