Bivol-Beterbiyev dilogiyasida hisob tenglashdi
Sport
−
23 fevral 5737 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasida Dmitriy Bivol Artur Beterbiyevni mag‘lub etdi va mutlaq jahon chempioniga aylandi.
23 fevralga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi kamarlarini himoya qildi. To‘liq 12 raund davom etgan jangda Bivol 114-114, 116-112, 115-113 hisobida g‘alaba qozonib, birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Verjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.
Live
Barchasi