Bitkoinning narxi 40 ming dollardan oshdi
Olam
−
08 yanvar 2021
5464“CoinDesk” portalining ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 7 yanvar kungi savdo sessiyasida bitkoin 8,5 foizga o‘sgan va 40 ming dollarga etgan.
Shunday qilib, bitkoin kriptovalyutasining narxi tarixiy maksimal darajani yangiladi.
So‘nggi kunlarda ushbu raqamli valyuta bir necha bor yangi narx rekordlarini o‘rnatmoqda.
Qayd etilishicha, bitkoin butun dunyo kriptovalyuta bozorining taxminan 68,5 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bitkoin 2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan qimmatlashni boshladi. 16 dekabrda bitkoin 20 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tib, rekord qayd etgandi. Shundan beri u o‘sishda davom etyapti.
Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.
Tizimning konsepsiyasi 2008 yil noyabr oyida o‘zini Satoshi Nakamoto deb tanishtirgan muallif (balki, mualliflar jamoasi) tomonidan chop etilgan. Lekin bitkoin mashhurligining eng yuqori darajasi so‘nggi yillarda qayd etilgan. Hozirgi paytga kelib ko‘pgina bitkoinlar allaqachon “qazib olingan” hisoblanadi.
LiveBarchasi