Bitkoin narxi yana rekord darajaga yetdi

Olam

image

Kecha, 19 noyabr kuni bitkoin kursi 94 ming dollardan oshib, yangi tarixiy rekord natijani o‘rnatdi. Bu haqda “Binance News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kriptovalyuta kun davomida 4 foizga o‘sib, 13 noyabrda o‘rnatilgan 93,45 ming dollarlik avvalgi rekordini yangilagan. 

Qiymatning oshishiga “Tramp Media & Technology Group” kompaniyasining “Bakkt kripto” birjasini sotib olish rejalari haqidagi xabar ham ta’sir qilgan. 

Ma’lumot uchun, noyabr oyining boshida bitkoin kursi Donald Trampning AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi sabab tez o‘sa boshlagan. 5 noyabr kuni kotirovkalar 10% ga ko‘tarilib, birinchi marta 75 ming dollardan oshgandi. Shundan so‘ng o‘sish ketma-ket yetti kun davom etgan va 12 noyabrda narx 89 ming dollar atrofida saqlanib qolgan. 14 noyabr kuni bitkoin narxi, AQSH Federal rezerv tizimi (FRS) rahbari Jerom Pauellning nutqida keltirilishicha, 87 ming dollardan pastga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng bitkoin narxi 84 ming dollardan oshgani va yana o‘sishda davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing