Bitkoin narxi tarixiy maksimumini yangiladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 17 dekabr kuni eng mashhur kriptovalyuta – bitkoinning qiymati 13 foizga ko‘tarilib, 22 ming dollardan oshib, tarixiy maksimumini yangiladi. Bu haqda savdo ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

"CoinMarketCap" portalining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish 13,49 foizni tashkil etib, hozirda kriptovalyutaning narxi 22 058 dollarga yetgan. 

Hajmi bo‘yicha eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance'da esa kriptovalyuta narxi 14,20 foizga o‘sib, 22 069 dollarni tashkil etgan.

Bir kun oldin ham bitkoin narxi sezilarli darajada oshib, 20 ming dollarlik nuqtadan o‘tib ketgandi.

Mustaqil ekspert Mansur Husaynov kriptovalyuta qiymatining o‘sishi davom etishini taxmin qilgan. 

"Agar bir yoki ikki kun ichida 20 ming dollardan orqaga qaytish bo‘lmasa, o‘sish davom etadi", degan iqtisodchi. 

Ma’lumot uchun, bitkoin butun global kriptovalyuta bozorining taxminan 64,7 foizini tashkil qiladi


Maqola muallifi

Teglar

Bitkoin

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing