Bitkoin narxi so‘nggi ikki yil ichidagi minimumigacha tushib ketdi
Texnologiya
−
10 noyabr 2022
9945Bitkoin narxi bugun, 10 noyabr holatiga ko‘ra, 9,81% ga pasayib, 16 500 dollardan pastki chegarani bosib o‘tdi. So‘nggi bor ushbu kriptovalyuta kursining 16 500 dollar qiymatga teng bo‘lishi 2020 yil noyabrida, narx yuqoriga qarab harakatlanayotganda kuzatilayotgan edi.
Bitkoinning narxi 6 noyabr holatiga ko‘ra 21 000 dollarni tashkil qilayotgan edi. Biroq, hafta boshlanishi bilan narx keskin pasaya boshladi. 10 noyabrga o‘tar kechasi Bitkoin narxi 15 600 dollargacha tushib ketgan edi. Biroq keyinroq biroz ko‘tarila boshladi va hozirda 16 700 dollar atrofida savdo qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Bitkoin narxi 18 iyunda ham rekord darajada, 6,98 foizga tushgan edi. O‘shanda ushbu kriptovalyutaning narxi 20 000 dollar chegarasidan pastladi.
Nazarbek Nazarov
LiveBarchasi