Bitkoin narxi rekord darajada ko‘tarilib ketdi

Olam

image

Bugun, 2 yanvar kuni eng mashhur kriptovalyuta – bitkoin narxi 8 foizga oshdi va birinchi marta 30 ming dollarlik psixologik nuqtadan o‘tdi. Savdo ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

20 da ortiq birjadagi o‘rtacha narxni hisoblab chiquvchi “CoinMarketCap” portali ma’lumotiga ko‘ra, bitkoin Toshkent vaqti bilan soat 16:21 da bitkoin narxi 2,5 foizga ko‘tarilib, 30 094 dollarga yetgan. Eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance`da bitkoin narxi 2,85 foizga oshib, 30 145 dollarlik rekord nuqtaga yetgan.

Ma’lumot uchun, dunyodagi 71,1 foiz kriptovalyuta bitkoin hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtlarda bitkoinning birjadagi narxi 30 550 dollar atrofida bo‘lib turibdi.

Bitkoin dekabr oyining ikkinchi yarmidan qimmatlashni boshladi. 16 dekabrda bitkoin 20 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tib, rekord qayd etgandi. Shundan beri u o‘sishda davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

kriptovalyuta bitkoin

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing