Bitkoin narxi 2021 yildan beri birinchi marta 50 ming dollardan oshdi
Olam
−
13 Fevral 2024 6160 1 daqiqa
12 fevraldagi savdolar chog‘ida bitkoin kursi 2021 yildan beri birinchi marta 50 000 dollardan oshdi. Bu haqda RBC Binance birjasi ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.
Nashr eslatganidek, bitkoin kursi joriy yilning 11 yanvarida, AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bitkoinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qiluvchi birja fondlarini (ETF) ishga tushirishni ma’qullaganida maksimal darajaga yetdi. O‘sha paytda bitkoin 48,9 ming dollarga teng edi.
Kriptovalyutaning tarixiy maksimal darajasiga 2021 yil oktyabr oyida erishilgan, o‘shanda bitkoin narxi 66 ming dollardan oshgan.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr