Bishkekning sobiq meri hibsga olindi

Olam 4340
image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining sobiq meri Aziz Surakmatov hibsga olindi. Bu haqda “24.kg” axborot agentligi manbalari xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, sobiq shahar hokimi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Aziz Surakmatov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Bishkekdagi bosh boshqarmasiga kecha, 26 may kuni soat 16:00 da olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik faol Melis Aspekov Qirg‘izistonning amaldagi Prezidenti Sadir Japarov saylov kampaniyasi uchun Sooronbay va Asilbek Japarovlardan 10 million dollar olganini iddao qilgandi.

Keyinchalik, Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Sooronbay Jeenbekov qamoqdagi faol Melis Aspekovni tuhmat qilishda ayblab, sudga bermoqchiligini ma’lum qilgandi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 150
Reyting: 3
t
×