Bishkekda Japarov iste’fosini talab qilib, miting o‘tkazildi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi “Dordoy” bozorida savdogarlar maxsus soliq rejimiga o‘tishga qarshi miting o‘tkazdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlar yangi soliq rejimiga o‘tishni istamayapti va patent bo‘yicha ishlashni davom ettirish uchun ruxsat talab qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Qirg‘izistonda 2024 yil 1 yanvardan boshlab savdo faoliyati uchun patent bekor qilinadi. “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari alohida soliq rejimiga o‘tmoqda. Unda mazkur bozorlarda nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilmasligi, soliq miqdori tovar aylanmasiga bog‘liq bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bunday holda, savdo faqat bozor ichida mumkin bo‘ladi.

“Dordoy”dagi miting chog‘ida mushtlashuv bo‘lgan. Voqea joyida militsiya xodimlari ishlamoqda. Yig‘ilganlar Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarovning iste’fosini talab qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi soliq rejimiga qarshi namoyish “Orto-Say” va “Madina” bozorlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirkorlar maxsus soliq rejimida ishlay olmasligidan norozi. Kuni kecha “Qorasuv” bozori savdogarlari ham mitingga chiqqan.

Soliq xizmatining ma’lum qilishicha, ularning xodimlari joyida tushuntirish ishlari olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek miting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made