Bishkekda “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobi taqdimoti o‘tkaziladi
Olam
−
18 iyul 2744 1 daqiqa
2026 yil 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi Aliqul Osmonov nomidagi Milliy kutubxonada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” (New Uzbekistan: The Way of Shavkat Mirziyoyev) kitobining qirg‘iz tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tadbirda davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, ilmiy doiralar, madaniyat namoyandalari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Nashr xalqaro ilmiy-tahliliy asar bo‘lib, unda Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida faoliyat boshlaganidan buyon amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, uning siyosiy yetakchiligi fenomeni hamda “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etish strategiyasi har tomonlama tahlil qilingan.
Ma’lumot uchun, avvalroq ushbu kitob taqdimoti AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan BMT Bosh qarorgohida ham bo‘lib o‘tgan. Taqdimotda BMT rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlardan iborat 100 ga yaqin kishi qatnashgan.
Live
Barchasi