Ortiqxo‘jayevning ikkita qarori noqonuniy ekanligi aniqlandi 

Jamiyat

image

Sud Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ikkita qarorini haqiqiy emas topdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi “SUPER ARDUA” MCHJga yer uchastkasini zaxiralash va investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan talablarini bajarish haqida” hamda “SUPER ARDUA” MCHJga investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan talablar bajarilganligini inobatga olgan holda yer maydoni ajratib berish haqida” qaror qabul qilgan. Lekin mazkur hududlardagi mahalliy aholi faollari ushbu qaror yuzasidan sudga e’tiroz bilan chiqqan.  

Holat yuzasidan ish olib borilganda mahalliy aholi shikoyat qilganidek, loyihalashda qurilishga ajratilgan yer maydonning 90 foizidan ortiq qismiga qurilmalarni qurish mo‘ljallangani aniqlangan. Bu esa hududda avtoturargoh joylashtirish, binoga kirish-chiqish yo‘laklari tashkil etish hamda obodonlashtirish ishlari uchun qo‘shimcha yer maydonlarini egallash talablari inobatga olinmagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda yon-atrofdagi o‘tish va avtomobillar yo‘laklari egallanib, tirbandlik keltirib chiqarib, aholiga noqulayliklar keltirib chiqargan. 

Sanitariya va gigiyena qoidalariga ko‘ra, tashxis qo‘yish markazi kirib-chiqish eshiklari hamda oynalari bilan chiqindi saqlanadigan joy oralig‘idagi masofa 20 metrdan kam bo‘lmasligi belgilangan. Qurilishi mo‘ljallangan klinika yon atrofida ko‘p qavatli turar joylar, maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, qurilish loyiha hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan qonun va normativ huquqiy hujjat talablarga javob bermaydi.

Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi aholi ushbu loyiha bilan tanishtirilmaganligi va qurilishni amalga oshirish uchun ularning roziligi olinmagan. 

2019 yilning 6 noyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudida o‘tgan ochiq sud majlisida arizachi “Jangoh” MFYning javobgar Toshkent shahar hokimiyatiga nisbatan keltirgan arizasi qanoatlantirilib, sud ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 154-158, 185, 189-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining yuqoridagi ikki qarorini haqiqiy emas, deb topgan. 

Sud davlat bojini undirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi MSIYUtKning 185-moddasiga muvofiq, Chilonzor tumani “Jangoh” MFY raisi A.K.Kim sudga davlat bojini javobgar tomondan undirishdan voz kechishi haqidagi ariza bilan murojaat etganini inobatga olib, javobgar Toshkent shahar hokimiyatini davlat bojini undirishdan ozod qilishni lozim topgan.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing