Bishkekda Putinga qomuz chalish bo‘yicha master-klass o‘tildi (video)

Olam

image

Kecha, 26 noyabr kuni Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi oldidan tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari uchun Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat rezidensiyasida qisqa etnomadaniy dastur namoyish etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajali mehmonlarga qirg‘iz xalqi an’anaviy turmush tarzi va madaniyatini namoyon etuvchi “Qirg‘iz ayili” etnografik majmuasi tanishtirildi. U yerda yurtalar o‘rnatildi, milliy turmush buyumlari, xalq hunarmandlari yasagan asarlar, shuningdek, KXSHT a’zo davlatlariga xos madaniy jihatlar namoyish etildi.

Shu bilan birga, Prezidentlarga qo‘l mehnati bilan ishlangan panno va milliy musiqiy asboblar sovg‘a qilindi – bu qirg‘iz xalqining hurmat va mehmondo‘stlik ramzi sifatida taqdim etildi.

Ekskursiya paytida Vladimir Putinni yosh qomuzchining musiqa chalishi qiziqtirdi. Rossiya rahbari musiqa asbobini qo‘liga oldi  va yosh musiqachi ko‘rsatgan bir nechta akkordlarni takrorlab ko‘rishga harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 25 noyabr kuni Qirg‘izistonga yetib kelgandi. Samolyot trapida Putinni Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov kutib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qirg'iziston KXShT qomuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing