Bishkekda bayroqni o‘zgartirishga qarshi miting bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)

Olam

image

Bugun, 9 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda davlat bayrog‘ini o‘zgartirishga qarshi miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Miting tashkilotchisi bo‘lgan aktivist Aftandil Jo‘rabekov hibsga olinganiga qaramay, namoyish bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi Gorkiy yodgorligi yonidagi bog‘da odamlar to‘plandi, ular o‘zlari bilan bayroqlarni olib keldi. 

Ayrim nashrlarning yozishicha, qor yog‘ganiga qaramay yuzga yaqin odam mitingga chiqib, davlat madhiyasini kuylagan. Ular bayroqdagi nurlar tasvirini o‘zgartirmaslik va Jogorku Kenesh deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasini rad etishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlan Shakiyev va deputat Ulan Primov bayroqdagi quyosh nurlari shaklini to‘lqinlidan to‘g‘riga o‘zgartirishni taklif qilgan qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, odamlar bu tasvirni turlicha talqin qilishadi: kimdir uchun u kungaboqarga o‘xshaydi, boshqalari uchun u uyning "burjlari" ga o‘xshaydi. Tashabbus Prezident Sadir Japarov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 29 noyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputatlari mamlakat davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek miting davlat bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing