Birjada shakar arzonlashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining ochiq birja savdolariga qo‘yilayotgan shakar hajmining sotuvchi korxonalar tomonidan qariyb 50 foizga oshirilishi evaziga shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan mahsulotning bir tonnasi uchun 10 mln 101,3 ming so‘mdan 8 mln 735,8 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga pasaydi. Bu haqda birja Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki savdo kunlarida shakarning birjadagi narxi qariyb 30 foizga arzonlashgan. Shakarning birjadagi narxining pasayishiga bozor vositalarini qo‘llanilishi, jumladan birjaning shakar segmentida taklif darajasini oshirilishi hisobiga erishilgan. 

Xususan, 24 martda birja savdolariga jami 3 200 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 2874 tonnasi, ya’ni 90 foizi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MCHJ tomonidan 1 600 tonna va "Angren shakar" MCHJ tomonidan 1 274 tonna shakar sotilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish orqali aholi talabini qondirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing