Birjada benzin narxi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 3 – 9 may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning barcha savdo platformalarida 1 718,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,5 foizga kamdir. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi xabar berdi.

Sement

Birjaning sement bozorida barqarorlik saqlanmoqda. O‘tgan haftada birja savdolariga 264382,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 216709,0 tonnasi, ya’ni 82 foizi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 43,3 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 572,8 ming so‘mdan 573,2 ming so‘mgacha, ya’ni 0,1 foizga o‘sdi.

Benzin

O‘tgan haftada birjada avtomobil benzini deyarli o‘zining boshlang‘ich qiymatida sotildi. Birjada shakllangan o‘rtacha narx va benzinning sotuvchi-korxonalari tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladigan boshlang‘ich narxlar o‘rtasidagi tafovut atigi – 0,4 foizni tashkil qilgan.

O‘tgan haftada birja savdolariga 30291,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 18348,3 tonnasi, ya’ni 60,6 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 503,6 ming so‘mdan 6 680,9 ming so‘mgacha yoki 2,7 foizga ko‘tarishdi.

Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 511,9 ming so‘mdan 6 691,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,8 foizga, ya’ni sotuvchilarning boshlang‘ich narxlarini ko‘tarishi hisobiga o‘sdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 619,9 ming so‘mni, AI-91 – 7 665,6 ming so‘mni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

birja benzin

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing