Birja: paxta yog‘i arzonlashdi, benzin narxi biroz o‘sdi
Jamiyat
−
25 may 2021
7202O‘tgan hafta davomida, ya’ni 17 – 23 may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 838,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 50,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi xabar berdi.
Paxta yog‘i
O‘tgan haftada birjaning paxta yog‘i bozorida barqarorlik saqlanmoqda. Xususan, 17-23 may kunlari ochiq birja savdolari orqali 2 054,0 tonna paxta yog‘i sotilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta yog‘ining boshlang‘ich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 704,5 ming so‘mdan 14 037,9 ming so‘mgacha, ya’ni 4,5 foizga pasaydi.
Birjada paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari hafta davomida pasaydi, biroq so‘nggi savdo kunida deyarli o‘zgarmadi va mahsulotning bir tonnasi uchun 15 904,3 ming so‘mni tashkil qildi.
Shakar
O‘tgan haftada birjaning shakar bozorida narxlarning pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 15 520,0 tonna shakar qo‘yildi va ushbu hajmdan 14 720,0 tonna yoki mahsulotning 94,8 foiz hajmi sotilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 720,8 ming so‘mdan 7 423,4 ming so‘mgacha, ya’ni 3,8 foizga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik kotirovkasi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 574,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Sement
Birjaning sement bozorida ichki talabning o‘sishiga qaramasdan narxlar pasaymoqda.
O‘tgan haftada birja savdolariga 278 070,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 236 160,0 tonnasi, ya’ni 85,0 foiz sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 47,2 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 593,2 ming so‘mdan 569,4 ming so‘mgacha, ya’ni 4,0 foizga pasaydi.
Benzin
O‘tgan haftada birjaning avtomobil benzini bozorida kichik o‘zgarish qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 26 435,0 tonna 80 markali benzin qo‘yildi va ushbu hajmdan 20 470,0 tonnasi yoki mahsulotning 77,4 foiz sotilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 6 670,0 ming so‘mdan 6 676,4 ming so‘mga, ya’ni atigi 0,1 foizga o‘sgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 678,1 ming so‘mni, AI-91 – 7 684,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
LiveBarchasi