Birovning o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan “abituriyent” qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
01 avgust 2019
6263Bugun, 1 avgust kuni Samarqand shahrida kunning birinchi yarmida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test topshirishi kerak bo‘lgan 3060 nafar abituriyentning 59 nafari imtihonlarda qatnashmadi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.
Shuningdek, 1 nafar abituriyent shpargalkadan foydalanishga ringani uchun test jarayonidan chetlatildi va birovning o‘rniga testga kirishga harakat qilgan 1 nafar “abituriyent” voqea joyida qo‘lga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun test topshirgan abituriyentlar o‘z ballarini ertagayoq cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib bilishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi