Biror muammo bo‘lsa, xalq deputatga murojaat qilishi kerak – Norboyeva

Jamiyat

image

Aholida qandaydir muammo bo‘lsa, deputatga murojaat qilishi kerak. Deputatlar ijro organini chaqirib, o‘sha muammo hal qilinishini ta’minlab berishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘z ochdi.

“Bizni OAV orqali kuzatib turgan aholimizga murojaat qilmochimiz: bitta hududga xalq saylab qo‘ygan 4 nafar mas’ul vakillar javob beradi. Siz ovoz bergansiz, shuning uchun ham qanday muammo bo‘ladigan bo‘lsa, deputatlarga murojaat qilish kerak. Deputatlar ijro organini chaqirib, o‘sha muammo hal qilinishini ta’minlab berishi kerak”, deydi Senat raisi.

Shuningdek, Tanzila Norboyeva xalq deputatlarni muammolarni hal qilish, aholi manfaatlarini yuqori darajaga olib chiqishi uchun saylaganini ta’kidladi.

“Xalq ularni bekorga saylab qo‘ymagan. Xalq bizning muammolarimizni hal qiladi, manfaatlarimizni yuqori darajaga olib chiqadi, degan maqsadda saylagan. Shuning uchun xalqimiz ham bilishi kerak: ijtimoiy tarmoqqa aytish yaxshi, lekin, deputatga aytsangiz, tezroq ishingiz bitishi zarur bo‘ladi. Bu sizning qonuniy haq-huquqingiz, talab qilishga haqlisiz”, deydi Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing