Bironta ham oilani ushbu kutilmagan falokat qarshisida yolg‘iz qoldirmaymiz – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Tadbir avvalida 27 aprel kechasi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yuz bergan tabiiy ofat va uning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlariga hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi, keng jamoatchilikka murojaat qildi.

"Xabaringiz bor, men kecha Buxoro viloyatida bo‘lib, yuzaga kelgan vaziyat bilan yaqindan tanishdim. Bu masala bo‘yicha tuzilgan Respublika komissiyasi va joylardagi mas’ul mutasaddilar bilan birgalikda ushbu hududlarda amalga oshiriladigan barcha ishlarni batafsil muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlarni belgilab oldik.

Mazkur viloyatlarda bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari, tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga, turar-joy binolari va madaniy meros inshootlariga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi maydonlariga jiddiy talofot yetgan.

Shuni ta’kidlab aytmoqchimanki, davlatimiz, hukumatimiz tomonidan tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan tashkilot va xo‘jaliklarga, fuqarolarga yordam va ko‘mak berish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshiriladi.

Takror aytaman, bironta ham yurtdoshimizni, bironta ham oilani ushbu kutilmagan falokat qarshisida yolg‘iz qoldirmaymiz".

Ma’lumot o‘rnida, 27 aprel kechqurun O‘zbekistonning Turkmaniston hududi bilan tutash janubi-g‘arbiy tumanlarida kuchli shamol kuzatildi.

O‘zbekiston meteorologik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, bu tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgacha yetdi, Qorako‘l tumanida (Buxoro viloyatining janubi) shamolning shiddati sekundiga 30 metr, Navoiy tumanida 35 metrni tashkil qildi. Oqibatda turli talofotlar kuzatildi. Bir kishi halok bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Buxoro

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing